Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Manishe: "Portugaliyaliklarning 40 foizi Ronalduning asosiy tarkibda maydonga tushishini istamaydi"

Manishe: "Portugaliyaliklarning 40 foizi Ronalduning asosiy tarkibda maydonga tushishini istamaydi"

Baho:
+ | -

Portugaliyalik sobiq futbolchi Manishe Krishtianu Ronalduning milliy jamoadagi holati haqida gapirdi.

40 yoshli hujumchi saralash bosqichida beshta gol urdi va portugaliyaliklarning jahon chempionatiga chiqishiga yordam berdi, ammo uning maydonda bo‘lishi jamoani cheklab qo‘yishi haqidagi fikrlar hali ham keng tarqalgan.

"Portugaliyada Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha fikrlar ikkiga bo‘lindi: 40 foiz odam uning AQSH bilan o‘rtoqlik o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushishini istamaydi va uning o‘rnida Roberto Martines futboliga ko‘proq mos keladigan Gonsalu Ramushni ko‘rishni xohlaydi.

Men Krishtianuni asosiy tarkibning muhim qismi deb hisoblaydigan 60 foizga mansubman. Raqib himoyachilari undan juda cho‘chishadi - ba’zida uni bir nechta raqiblar qo‘riqlashadi, bu esa boshqalarga joy ochadi. Ronaldu o‘yinlarni o‘zgartira oladigan ajoyib futbolchi bo‘lib qolmoqda," - deya Manishening so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

5 fevral kuni Ronaldu 41 yoshga to‘ladi.

Kiritildi: 12:49, 02.02.2026.
O'qildi: 1445 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик