Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

FIFA prezidenti JCH–2026’ni boykot qilish chaqiriqlarini qoraladi

FIFA prezidenti JCH–2026’ni boykot qilish chaqiriqlarini qoraladi

Baho:
+ | -

FIFA prezidenti Janni Infantino Yevropaning ayrim siyosiy doiralarida AQSH prezidenti Donald Tramp siyosatiga norozilik sifatida 2026-yilgi Jahon chempionatini boykot qilish haqidagi chaqiriqlarni keskin tanqid qildi.

Infantinoning ta’kidlashicha, AQSHda bo‘lib o‘tadigan mundial uchrashuvlarini boykot qilish muammoni hal qilmaydi, balki jamiyatda yanada ko‘proq nafrat uyg‘otadi:

“Men taqiqlar va boykotlarga qarshiman. Ular hech qanday foyda keltirmaydi, aksincha, nafratni kuchaytiradi. Kimdir Buyuk Britaniyadan AQSH bilan savdo qilishni to‘xtatish kerakligini aytyaptimi? Bunday gapni eshitmadim. Unda nega futbol boykot qilinishi kerak? Bizga odamlar bir joyga to‘planib, futbol atrofida birlashadigan lahzalar zarur”, dedi Infantino Britaniyaning Sky News telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida 11 iyundan 19 iyulgacha o‘tkaziladi. Yanvar oyida Germaniyada, AQSH prezidentining Grenlandiya bo‘yicha bayonotlari va Yevropa davlatlariga nisbatan bojlarni oshirilishi fonida mundialni boykot qilish chaqiriqlari yangragan edi.

Shuningdek, AQSHdagi migrasiya siyosati va Minneapolis shahrida immigrasiya polisiyasi faoliyati bilan bog‘liq voqealar millionlab muxlislarning xavfsizligi masalasida ham xavotirlarni kuchaytirgan. Yanvar oxirida FIFA sobiq prezidenti Zep Blatter ham Shveysariyadagi mashhur korrupsiyaga qarshi advokatning “bu yozda AQSHga bormaslik” haqidagi chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:28, 05.02.2026.
O'qildi: 1179 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик