Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/06 01:00 Germaniya 2-1 Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador 0-0 Kyurasao
21/06 09:00 Tunis 0-4 Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya 4-0 Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya 0-0 Eron
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya - Misr
22/06 22:00 Argentina - Avstriya
23/06 02:00 Fransiya - Iroq
23/06 05:00 Norvegiya - Senegal
23/06 08:00 Iordaniya - Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston

Arbeloa Mastantuononi nima sababdan qadrlashini tushuntirdi

Arbeloa Mastantuononi nima sababdan qadrlashini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa 18 yoshli yarim himoyachi Franko Mastantuononing o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Madridliklar safidagi debyut mavsumida argentinalik futbolchi barcha musobaqalarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

«Bu ulkan potensialga ega yosh o‘yinchi. U qanotda himoyachilarni aldab o‘tishga va to‘pni nazorat qilgan holda markazga ko‘chishga qodir.

U o‘z intensivligi bilan jamoa o‘yiniga katta hissa qo‘shmoqda. U o‘z ustida ishlashda va takomillashishda davom etadi deb umid qilamiz. Kutilgan darajaga chiqish oson emas, chunki «Real»da talablar juda yuqori.

Biroq uning o‘yinini ko‘rganingizda, qanday ajoyib futbolchi ekanligini darhol tushunasiz. Men uning maydonda ko‘rsatayotgan o‘yinidan juda mamnunman», — dedi Arbeloa.

Kiritildi: 13:08, 08.02.2026.
O'qildi: 2226 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик