"Liverpul" forvardi Muhammad Salohda yoqimsiz seriya davom etdi. Misrlik futbolchi APLda ketma-ket yettita o‘yindan beri gol ura olmayapti. U oxirgi marta 2025 yilning 1 noyabrida gol urgan.
Bir kun avval Saloh "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda ham maydonni golsiz tark etgandi. Unda "Liverpul" raqibga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Saloh 33 yoshda. OAVda uning Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi haqida faol yozishmoqda. Ammo rasmiy takliflarga hali yetib borilgani yo‘q.













