Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl - Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli - Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

United MFL – yangi tashkil qilingan Media liga uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi

United MFL – yangi tashkil qilingan Media liga uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

United MFL Media Futbol Ligasi – O‘zbekistonda media futbol yo‘nalishini rivojlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan yangi liga hisoblanib, futbolni shunchaki o‘yin emas, balki media va auditoriya bilan uyg‘unlashgan zamonaviy sport formati sifatida shakllantirishni ko‘zlaydi.

Ligada jami 16 ta jamoa ishtirok etadi. Hozirda 15 ta jamoa nomi ma’lum:

UFU Legends, Tanish-bilish, F-River, You Too, Avangers, A1, Sherdor Media, Benom, Emperia, Label Boys, Alliance, Galaxy, Cosmos, Blackstone va Prime XI

16-jamoa esa saralash bosqichi orqali aniqlanadi. Saralashda Alfraganus, Neyron, Afruz va Mercury jamoalari ishtirok etadi. G‘olib jamoa asosiy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Asosiy liga bahslari 28 fevral kuni 1-tur o‘yinlari bilan start oladi. Musobaqa 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan final uchrashuvi bilan yakunlanadi.

9 fevral kuni Toshkent shahridagi Humo Arenada liganing dastlabki turniriga qur’a tashlash marosimi tashkil etildi. Ushbu marosimda jamoalar guruhlarga ajratildi va g‘oliblik uchun kurash yo‘lidagi raqiblarini bilib oldi.

Kiritildi: 17:19, 09.02.2026.
O'qildi: 352 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.