Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 0-0 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 0-0 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Runi "MYU"ning sochini oldirmaydigan muxlisi haqida: "U meni bezor qildi!"

Runi "MYU"ning sochini oldirmaydigan muxlisi haqida: "U meni bezor qildi!"

Baho:
+ | -

Frenk ismli «Manchester Yunayted» muxlisi 2024 yilning oktyabr oyidan beri soch oldirmay kelmoqda. U jamoasi ketma-ket beshta o‘yinda g‘alaba qozonmaguncha sartaroshga bormaslikka qasam ichgan. Maykl Kerrik boshchiligidagi «qizil iblislar» ketma-ket to‘rtta g‘alabalik seriya qayd etishgandi, biroq seshanba kuni «Vest Xem» bilan durang o‘ynab, ochko bo‘lishishdi. Natijada, Frenk yana soch oldira olmaydigan bo‘ldi.

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi ushbu muxlis atrofidagi muhokamalardan g‘azabda ekanini yashirmadi.

«Men uni mamlakatning narigi chekkasiga jo‘natib yuborgan bo‘lardim. U meni jonimga tegdi! Biz soch oldirmoqchi bo‘lgan yigit haqida emas, balki Kerrik va ketma-ket beshta o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilayotgan «Manchester Yunayted» haqida gapirishimiz kerak.

Garov o‘ynashim mumkin, agar «Manchester Yunayted» g‘alaba qozonsa, u xafa bo‘ladi, chunki keyin unga hech kim e’tibor bermay qo‘yadi. Bularning barchasi meni aqldan ozdiryapti. Mana, futbol va ijtimoiy tarmoqlar qayerga qarab ketmoqda», — dedi Runi «No Tippy Tappy Football» podkastida.

Hozirda «Manchester Yunayted» Premyer-liga turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 18:09, 11.02.2026.
O'qildi: 1259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик