Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Kristensen «Barselona»da qoladimi? Deku yangi taklif haqida gapirdi

Kristensen «Barselona»da qoladimi? Deku yangi taklif haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» sport direktori Deku kataloniyaliklar himoyachi Andreas Kristensenga yangi shartnoma taklif qilishini tasdiqladi.

Klub mutasaddisining ta’kidlashicha, «Barselona» jarohat olgan futbolchini qiyin vaziyatda qoldirmoqchi emas. Kristensen tizza paylarining uzilishi sababli joriy mavsumda boshqa maydonga tusha olmasligi mumkin, shu sababli klub unga 2027 yilgacha mo‘ljallangan (amaldagi shartnomani yana bir yilga uzaytiruvchi) «adolatli taklif» berishga qaror qilgan.

«Biz futbolchini murakkab ahvolda qoldirishni istamaymiz, chunki u mavsum oxirigacha boshqa o‘ynay olmasa kerak deb hisoblaymiz. Shu bois, unga adolatli va qabul qilish mumkin bo‘lgan variant taklif qilmoqchimiz. Shundan so‘ng futbolchi mustaqil qaror qabul qilishi mumkin bo‘ladi. U "Barselona"da qolishga majbur emas, lekin biz hech bo‘lmaganda u ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan taklifni berishga harakat qilamiz», — dedi Deku matbuot anjumanida.

Andreas Kristensen 2022 yilda «Chelsi»dan erkin agent sifatida «Barselona»ga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar belgilangan. Joriy mavsumda 29 yoshli daniyalik himoyachi 17 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urishga ulgurdi.

Kiritildi: 13:15, 12.02.2026.
O'qildi: 451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.