Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kanisares Peres haqida: "So‘nggi yillardagi qarorlar emas, ammo Superligadan chiqish to‘g‘ri"

Kanisares Peres haqida: "So‘nggi yillardagi qarorlar emas, ammo Superligadan chiqish to‘g‘ri"

Baho:
+ | -

"Valensiya" klubi va Ispaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Santyago Kanisares "Real" prezidenti Florentino Peres haqida gapirdi.

Chorshanba kuni "Madrid" UEFA va Yevropa klublari assosiasiyasi bilan "Evropa futboli foydasi uchun" shartnoma imzolaganini e’lon qildi va amalda Superligani tark etdi. Avvalroq loyiha "Barselona"ni tark etgandi.

"Futbol har qanday yetakchi, klub, futbolchi yoki murabbiydan ko‘ra uzoqroq umr ko‘rishini ko‘rsatdi. Menimcha, Florentino Peresning so‘nggi yillarda qabul qilgan qarorlari... Uning yaxshi tomonini aks ettirmaydi.

Florentino Peres a’lo darajadagi boshqaruvchiligi bilan obro‘ qozongan va biz uning oldida necha martalab shlyapamizni yechganmiz. Futbolchilar, murabbiylar va hatto prezidentlar ham ma’lum sharoitlarda o‘zlarining buyuk iste’dodlarini namoyon qiladigan paytlari bo‘ladi. Ammo vaqt o‘taveradi, vaqt hamma uchun o‘taveradi", dedi Kanisares.

Kiritildi: 15:12, 13.02.2026.
O'qildi: 385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.