Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

«Yuventus» «Inter»ga qarshi o‘yindan keyin hakamlik mojarosi yuzasidan bayonot berdi (video)

«Yuventus» «Inter»ga qarshi o‘yindan keyin hakamlik mojarosi yuzasidan bayonot berdi (video)

Baho:
+2 | -

"Yuventus" klubi direktori Jorjo Kyellini Italiya chempionati 25-turi doirasida "Inter"ga qarshi o‘tgan uchrashuv (2:3)dan so‘ng hakamlik borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

— Bugun sodir bo‘lgan voqealardan so‘ng futbol haqida gapirishning o‘zi qiyin. Bugun mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat yuz berdi — bu biz bilanmi yoki boshqa jamoa bilanmi, farqi yo‘q. Ehtimol, ertadan boshlab VAR tizimini o‘zgartirish kerak bo‘lar, chunki bunday muhim o‘yinlarda shuncha xatolarning takrorlanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Mavsum boshidanoq butun dunyoga hakamlik darajasi talablarga javob bermayotganini yetkazishga harakat qildik va afsuski, bugun aynan shuni hammaga namoyish etdik. Bu mavsumda bunday holatlar ko‘plab jamoalar bilan sodir bo‘ldi. Biz o‘zgarish qilishimiz shart, Italiya futbolisida odat bo‘lganidek, bu masalani keyinga surishda davom eta olmaymiz, — deya Kyellinining so‘zlarini Football Italia nashri keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi taym oxirida uchrashuv bosh hakami «Yuventus» himoyachisi Pyer Kalyulyuni maydondan nohaq chetlatdi. Ikkinchi sariq kartochka tufayli o‘yinchiga qizil kartochka ko‘rsatilgani bois vaziyatga VAR tizimi aralasha olmasdi. Ushbu qaror turinliklar murabbiylar shtabi noroziligiga sabab bo‘ldi va natijada tanaffus paytida tunnel ostida murabbiylar shtabi bilan hakam o‘rtasida to‘qnashuv chiqib ketishiga sal qoldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:49, 15.02.2026.
O'qildi: 1582 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.