Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) - Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja - Nasaf
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

Fantasy Football. Superliga endi Fentezida

Fantasy Football. Superliga endi Fentezida

Baho:
+ | -

O‘zbek futbol muxlislari uchun ajoyib xushxabar! Fantasy Football loyihasi O‘zbekiston Superligasi bahslari uchun ilk bor rasman ishga tushiriladi.

Yaqin kunlarda Liga hamda World of Fantasy Football kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Superligasining yangi mavsumi oldidan Fantasy – O‘zbekiston Superligasi loyihasi ishga tushiriladi. Fantasy Football ixlosmandlari esa yangi mavsumda Superliga bahslarida bellashish imkoniyatiga egadirlar.

O‘zbekiston Superligasi klublari uchun qishki transfer oynasi yopilgandan so‘ng hamda Superliga klublari tarkiblari shakllantirilgach Fantasy – O‘zbekiston Superligasi loyihasi rasman start olishi rejalashtirilgan. Loyiha starti, aniq sanasi yaqin kunlarda e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlash lozim, Fantasy Football – futbol jamoatchiligi orasida juda ommabop hamda qiziqarli loyiha hisoblanadi. O‘zbekistonda ham ushbu loyihaga befarq bo‘lmagan muxlislar, qiziquvchilar ko‘plab topiladi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Superligasi uchun ham Fantasy Football yaratish haqida ko‘plab savollar va so‘rovlar bor edi. Liga ushbu loyihaga qiziqish bildirdi hamda World of Fantasy Football kompaniyasi bilan hamkorlikda uni ishga tushiradigan bo‘ldi.

Futbol ishqibozlari O‘zbekiston Superligasi uchun maxsus platforma — uzfantasy.com saytiga kirib ro‘yxatdan o‘tishlari va o‘z jamoalarini shakllantirishlari mumkin. Ta’kidlash joiz, ayni damda barcha jamoalar tarkiblari to‘liq ko‘rinishda emas va qishki transferlar oynasi tugashi bilan to‘liq holga keladi. Shuningdek, yaqin kunlarda tashkilotchilar ushbu saytning mobil ilovasini ishga tushirishni rejalashtirgan. Ayni damda mobil ilovalar ishga tushirilishining yakuniy bosqichida va bu haqda yaqin orada xabar beriladi.

Fantasy Football nima?

Fantasy Football – futbol muxlislari uchun virtual jamoalar bilan o‘ynaladigan onlayn-o‘yin. Bunda muxlislar tomonidan real futbolchilardan tuziladigan virtual jamoalar o‘zaro bellashadi. Ushbu bellashuvlarda muxlislar tuzgan jamodagi futbolchilar real chempionatda yig‘adigan ochkolari – gol, assist, quruq o‘yinlar kabi ko‘rsatkichlarda raqobatlashadi. Yakunda eng ko‘p ochko olgan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi.

Fantasy Football asosiy qoidalari

Tarkib shakllantirish – Menejer o‘zi uchun belgilangan limitda (100 so‘m) o‘z tarkibini jami real klublardan 15 nafar futbolchi olish bilan shakllantiradi. Bunda odatda 2 nafar darvozabon, 5 nafar himoyachi, 5 nafar yarimhimoyachi hamda 3 nafar hujumchi tarkibda bo‘lishi ko‘zda tutiladi.

Cheklov – Ma’lum klubdan o‘yinchi olishga limit qo‘yiladi. Bunda, bir klubdan ko‘pi bilan 3 futbolchi olishga ruxsat etiladi.

Dedlayn – Yakuniy tarkibni yig‘ish eng kechi bilan kelayotgan tur o‘yiniga 120 daqiqa qolganida amalga oshirilishi kerak.

Transferlar – Har tur oldidan menejer o‘z tarkibiga belgilangan miqdorda yangi futbolchi olishi mumkin.

Fantasy Football – O‘zbekiston Superligasi uchun tartib-qoidalar ishlab chiqilgan bo‘lib, u ushbu loyiha uchun yaratiladigan maxsus platformada havola etiladi.

Ta’kidlash lozim, mavsum yakunlariga ko‘ra yuqori uchlikka kirgan sovrindorlar uchun maxsus sovg‘alar taqdim etiladi.

1-o‘rin. G‘olibga kelasi yilda Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogiga 2 kishilik chipta.
2-o‘rin. So‘nggi rusumdagi Iphone smartfoni.
3-o‘rin. Sony Playstation 5.

Shuningdek, Superliganing turli turlarida eng ko‘p ochko yig‘a olgan menejerlarga Superliga yulduzlari dastxati tushirilgan liboslar va boshqa shunga o‘xshash sovg‘alar berib boriladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 10:01, 16.02.2026.
O'qildi: 302 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.