Manbaning yozishicha, "Real" "Real Sosyedad" markaziy himoyachisi Jon Martinning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Madridliklar futbolchini diqqat bilan kuzatmoqda. Ta’kidlanishicha, "qaymoqranglilar"ning qiziqishi hozircha rasmiy taklif darajasiga ko‘tarilmagan. Martinning "Sosyedad" bilan mehnat shartnomasi 2031 yilning yozigacha amal qiladi.
Umuman olganda, Jon Martin "Real Sosyedad" safida jami 38 ta o‘yinda maydonga tushgan. Ularda himoyachi bitta assistni aktivga yozib qo‘ydi.













