Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Kubarsi Alvares va Bastonining «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi

Kubarsi Alvares va Bastonining «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsi klubning Xulian Alvares va Alessandro Bastoniga bo‘lgan qiziqishi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

Madridning «Atletiko» hujumchisi va Milanning «Inter» markaziy himoyachisi «ko‘k-anorranglilar»ning transfer maqsadlari qatorida qayd etilgan, biroq kataloniyaliklarning moliyaviy qiyinchiliklari sababli ulardan hatto birini qo‘lga kiritish ham nihoyatda mushkul bo‘ladi.

«Alvaresning transferi? Xulian — top-futbolchi, dunyo darajasidagi hujumchi. Men unga qarshi o‘ynaganman. U «Barselona» talablariga to‘liq javob beradi deb hisoblayman.

Bastoni — ajoyib himoyachi. Men uning o‘yinlarini bir necha bor ko‘rganman va barchamiz u nimalarga qodirligini bilamiz. Lekin hammasi klubga bog‘liq», — deya «Barca Universal» Kubarsining so‘zlaridan iqtibos keltiradi.

Transfermarkt portali Alvares va Bastonining narxini mos ravishda 100 va 80 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:16, 19.02.2026.
O'qildi: 848 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик