Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

"Arsenal" so‘nggi 91 yil ichida ilk bor "Tottenxem"ni ikki marta yirik xisobda mag‘lub etdi

"Arsenal" so‘nggi 91 yil ichida ilk bor "Tottenxem"ni ikki marta yirik xisobda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

"Arsenal" chempionatning bir o‘yinida "Tottenxem" ustidan ikkinchi marta yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Bugun 27-tur doirasida Mikel Arteta jamoasi safarda 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi davradagi "Arsenal" - "Tottenxem" uchrashuvi ham 4:1 hisobida "kanonirlar" foydasiga hal bo‘ldi.

Bungacha "Arsenal" faqat 1934/35 yilgi mavsumda "Tottenxem"ni ikki marta chempionatda uch va undan ortiq to‘p farqi bilan mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi (6:0, 5:1). Bundan tashqari, bugun "kanonirlar" 1978 yildan beri chempionatdagi safardagi derbida eng yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi - o‘shanda 5:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Kiritildi: 05:59, 23.02.2026.
O'qildi: 801 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик