Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

UEFA Vinisius va Prestianni o‘rtasidagi nizo bo‘yicha rasmiy bayonot berishga tayyorlanmoqda

Baho:
+ | -

UYEFA Vinisius Junior va Djanluka Prestianni o‘rtasidagi mojaro davom etishidan xavotirda.

O‘tgan haftada Chempionlar ligasining 1/8 finaliga chiqish uchun o‘tkazilgan dastlabki bahsda "Real" "Benfika"ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘yin davomida madridliklar vingeri Vinisius arbitr Fransua Leteksyega Prestianni uni "maymun" deb ataganini aytgan va bu paytda og‘zini futbolkasi bilan yopib olgan. "Burgutlar" hujumchisi esa keyinchalik braziliyalik futbolchini irqiy kamsitmaganini ta’kidladi. UEFA mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshladi.

"Cadena SER" xabariga ko‘ra, UEFA javob o‘yini oldidan braziliyalik va argentinalik futbolchilar bir-birlari bilan qo‘l berib ko‘rishmasliklaridan xavfsiramoqda, chunki bu "turnir obro‘siga putur yetkazishi" mumkin.

Qayd etilishicha, ittifoq Prestiannini javob o‘yinidan chetlatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, biroq bu variantning ehtimoli past deb hisoblanadi. Sababi, odatda intizomiy surishtiruvlar ko‘proq vaqt talab etadi.

Ma’lum qilinishicha, Djanluka UEFA tergovi doirasida bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan o‘z versiyasini bayon qilib bo‘lgan. Shu bilan birga, ham "Real", ham "Benfika" javob uchrashuvida vaziyat yana keskinlashishi mumkinligini kutishmoqda.

UEFA ushbu vaziyat bo‘yicha seshanba yoki chorshanba kuni rasmiy bayonot berishi kutilmoqda.

"Real" — "Benfika" uchrashuvi 25 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da (26 fevralga o‘tar kechasi) boshlanadi.

Kiritildi: 18:40, 23.02.2026.
O'qildi: 924 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик