Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Meksikadagi tartibsizliklar JCH-2026ga xavf soladimi? Ekspert fikri

Meksikadagi tartibsizliklar JCH-2026ga xavf soladimi? Ekspert fikri

Baho:
+ | -

BBC eksperti, Nottingem universiteti Jinoyat huquqi kafedrasi dosenti Xavyer Eskauriasa Meksikadagi tartibsizliklar JCH-2026ga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida gapirib berdi. Ma’lumot uchun, Meksikaning bir qator shaharlarida narkokartel yetakchisi Nemesio Osegera Servantesning yo‘q qilingani bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlardan so‘ng norozilik namoyishlari avj olgan edi.

"Umuman olganda, kartellar Jahon chempionatining tinch o‘tishidan iqtisodiy manfaatdor. To‘g‘ri, ular siyosatchilar va mahalliy polisiyani sotib olishadi, lekin shu bilan birga ular restoranlarni ham sotib olishadi va mehmonxonalarga egalik qilishadi. Ular iqtisodiy tizimning bir qismidir. Agar britanlar, amerikaliklar va boshqalar Meksikaga kelib, pul sarflashsa va vaqtlarini chog‘ o‘tkazishsa, bu kartellar uchun ham foydali bo‘ladi", — deya ekspertning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC.

Qayd etish joizki, Meksika futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati o‘yinlariga mezbonlik qiluvchi uchta davlatdan biri hisoblanadi. Shuningdek, turnir bahslari AQSH va Kanadada ham bo‘lib o‘tadi. JCH-2026 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadi.

Kiritildi: 11:34, 24.02.2026.
O'qildi: 904 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.