Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Simeone Grizmanning AQSHga ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone hujumchi Antuan Grizmann haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Avvalroq, fransuz futbolchisi MLSda ishtirok etuvchi «Orlando Siti» klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

— Antuan Grizmannning «Orlando Siti»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni o‘qidingizmi?

— Grizmann shunday darajaga yetdiki, u o‘zi xohlagan har qanday narsaga loyiq. U nima bilan shug‘ullanishni xohlashini o‘zi tanlashi mumkin, — dedi Simeone jurnalistlarga.

Antuan Grizmannning «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Nufuzli «Transfermarkt» portali mutaxassislari 34 yoshli fransuz futbolchisini 11 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» seshanba kuni «Bryugge»ni 4:1 hisobida mag‘lub etib (ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 7:4), Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo‘l oldi.

Kiritildi: 15:49, 25.02.2026.
O'qildi: 345 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик