Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Tonali: "Ikkinchi bo‘limda shunchaki hisob uchun o‘ynadik"

Tonali: "Ikkinchi bo‘limda shunchaki hisob uchun o‘ynadik"

Baho:
+ | -

«Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonali Chempionlar ligasi o‘tish (pley-off) bosqichi javob o‘yinida Ozarbayjonning «Qarabag‘» jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:2) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Dastlabki 10 daqiqa ajoyib o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda esa shunchaki hisobga qarab o‘ynadik. Ikki o‘yin davomida to‘qqizta gol urdik, lekin bundan ham ko‘proq urishimiz mumkin edi. Chunki bizning muxlislarimiz barcha 90 daqiqa davomida 100 foizlik kuch bilan o‘ynashimizga loyiqdirlar.

Ikkinchi bo‘lim boshida ahmoqona gol o‘tkazib yubordik. Gol o‘tkazganimizdan xafamiz, lekin yakunda baxtlimiz, chunki Chempionlar ligasida keyingi bosqichga yo‘l oldik. Buning uchun juda ko‘p mehnat qilgandik», — dedi Tonali «Amazon Prime» nashriga.

Ma’lumot uchun, «Nyukasl» o‘zining navbatdagi uchrashuvini shanba kuni, 28 fevral sanasida o‘z maydonida «Everton»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 16:02, 25.02.2026.
O'qildi: 623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик