Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Bellingem "Real"ga YECHL 1/8 finalida yordam bera oladimi?

Bellingem "Real"ga YECHL 1/8 finalida yordam bera oladimi?

Baho:
+ | -

«Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem fevral oyi boshidan buyon lazaretda qolmoqda. Yaqinda angliyalik futbolchi to‘p bilan ishlashni boshladi, biroq uning yaqin vaqt ichida to‘liq safga qaytishi kutilmayapti.

«COPE» nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Bellingemda Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvlarida «Real»ga yordam berish imkoniyati yo‘q. Ushbu bosqichning dastlabki o‘yinlari 10 va 11 mart kunlari, javob bahslari esa 17 va 18 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. «Real» 1/8 finalda yo «Manchester Siti», yoki «Sporting» jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Qur’a tashlash marosimi juma kuni, 27 fevralda o‘tkaziladi.

2025/2026 yilgi mavsumda Jud Bellingem 28 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga oltita gol va to‘rtta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 16:34, 26.02.2026.
O'qildi: 1500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик