Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Vadim Abramov «Navbahor» bilan o‘yin haqida: «Mag‘lubiyat uchun kimnidir ayblamayman, butun jamoa noto‘g‘ri o‘ynadi»

Vadim Abramov «Navbahor» bilan o‘yin haqida: «Mag‘lubiyat uchun kimnidir ayblamayman, butun jamoa noto‘g‘ri o‘ynadi»

Baho:
+ | -

«Dinamo» - «Navbahor» (1:2) o‘yinidan keyin dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashib, savollarga javob qaytardi.

«Nima ham derdim, hamma o‘yinni ko‘rdi – yomon boshlamadik, gol urdik, ammo himoyada xatolarga yo‘l qo‘ydik. Raqibning ilk hujumiyoq darvozamizga belgilangan penalti bilan yakun topdi. Ko‘p o‘tmay, yana oddiy holatda gol o‘tkazib yubordik. Bugun mag‘lubiyat uchun faqat o‘zimiz aybdormiz, chunki noto‘g‘ri o‘ynadik. «Navbahor»ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ochilish o‘yinidagi mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘raymiz. Barcha g‘alaba kutgandi. Ammo bu hali birinchi tur, hammasi o‘zimizning qo‘limizda – umid qilamanki to‘g‘ri reaksiya bildira olsak, hammasi yaxshi bo‘ladi.

- «Dinamo» o‘tgan yilgi tarkibi asosini deyarli saqlab qolgan, ammo o‘tgan yilgi o‘yindan hech narsa ko‘rmadik...
- To‘g‘ri, fikringizga qo‘shilaman. Chunki noto‘g‘ri o‘ynadik. Hisobni tezkor gol bilan ochganimizdan keyin bu go‘yo yordam berishi kerak edi, ammo qisqa vaqtdagi xatolardan keyingi gollar jamoaga aks ta’sir qildi. Darhol nimadir deyish qiyin. Tahlil qilib, qayerda noto‘g‘ri ishlaganimizni anglashimiz zarur. Chunki bungacha bugungidek o‘ynamagandik. Bugun juda yomon o‘ynadik.

Mag‘lubiyat uchun kimnidir ayblamayman, butun jamoa noto‘g‘ri o‘ynadi. Mavsum boshida kutilmagan natijalar bo‘lib turadi, 5-turdan keyin kim aslida qanday kuchga ega ekani haqida gapirish mumkin bo‘ladi, - deydi Vadim Karlenovich.

«Dinamo» PFK matbuot xizmati

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:05, 28.02.2026.
O'qildi: 1099 marta.
Fikrlar: 33 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик