Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

«Liverpul» Salohdan keyingi davr uchun yangi yetakchini tanladi

«Liverpul» Salohdan keyingi davr uchun yangi yetakchini tanladi

Baho:
+ | -

Kelayotgan yozda Muhammad Salohning ehtimoliy ketishidan so‘ng, «Liverpul» rahbariyati asosiy urg‘uni yarim himoyachi Dominik Soboslaiga qaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Liverpul» jamoani aynan Soboslai atrofida qurishni maqsad qilgan, chunki klub uning o‘yin xususiyatlariga to‘liq ishonadi. Bundan tashqari, mersisaydliklar vengriyalik futbolchining yetakchilik qobiliyati va jamoaga ta’siri sezilarli darajada o‘sib borayotganini yuqori baholamoqda.

Soboslai 2023 yildan beri jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 25 yoshli hujumkor yarim himoyachi barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Soboslaining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:44, 01.03.2026.
O'qildi: 1299 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик