Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Angliya futbolida inqilob: Murabbiylarga VAR tizimidan foydalanish huquqi berilishi mumkin

Angliya futbolida inqilob: Murabbiylarga VAR tizimidan foydalanish huquqi berilishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Angliya futbol assosiasiyasi (FA) videotakrorlar tizimidan (VAR) foydalanish protokolini o‘zgartirish niyatida, deb xabar bermoqda The Daily Telegraph. Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, Britaniya futbolining rahbar organi murabbiylarga VAR tizimidan so‘rov asosida foydalanishga ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Ushbu tashabbus o‘yin vaqtidagi to‘xtalishlarni kamaytirish maqsadida hakamlarning sub’ektiv qarorlarini qayta ko‘rib chiqish uchun «murabbiylik chellendji» tizimini joriy etishni nazarda tutadi. Rejaga ko‘ra, jamoa murabbiylari bir o‘yin davomida videotakrorni ko‘rish uchun ikkitadan chellendj (so‘rov) imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Agar e’tiroz o‘zini oqlasa, so‘rov huquqi saqlanib qoladi.

Bunga o‘xshash tizim boshqa sport turlarida, xususan, amerika futboli (NFL) va regbi ligasida allaqachon qo‘llanilmoqda. Kutilishicha, faktik holatlar (ofsaydlar, to‘pning maydondan chiqib ketganini aniqlash) avvalgidek avtomatik tarzda tekshiriladi, sub’ektiv vaziyatlar (follar, qo‘l bilan o‘yin, bahsli to‘qnashuvlar) esa faqat murabbiy so‘roviga ko‘ra qayta ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘ladi.

So‘rovdan foydalanish uchun murabbiylar zaxira hakamiga maxsus signal berishlari kerak bo‘ladi.

FA bosh kotibi Mark Bullingem ushbu yondashuvni o‘rganishga qiziqish borligini tasdiqladi. «Bu o‘yin dinamikasini o‘zgartiradi, VAR aralashuvlari sonini kamaytiradi va aslida mas’uliyatni murabbiy zimmasiga yuklaydi», — deya Bullingemning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Times nashri.

Kiritildi: 12:59, 03.03.2026.
O'qildi: 668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик