Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

Simon Adingra: «Jamoaga naf keltirish uchun borimni beraman»

Simon Adingra: «Jamoaga naf keltirish uchun borimni beraman»

Baho:
+ | -

Futbolda yangi chaqiriq – bu hamisha yuqori bosqichga ko‘tarilish imkoniyati. Kot-d’Ivuar milliy ja­moasining tezkor va texnik jihatdan saviyali qanot hujumchisi Simon Adingra uchun ham «Monako» safiga qo‘shilish shunday muhim qadamlardan biri, albatta. Aniqroq aytsak, huquqiy jihatdan «Sanderlend»ga tegishli futbolchi joriy mavsum yakuniga qadar Fransiyaning mashhur klubida ijara muddatini o‘taydi. Knyazlik klubi bosh direktori Tyago Skuro tashabbusi bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan ivuarlik vinger «Monako» loyihasi haqida samimiy fikr bildirish barobarida kelgusi rejalariga ham to‘xtaldi.

«Monako»ga o‘tish varianti

– Muzokara jarayonida asosan klub loyihasi hamda unda qanday o‘rin tutishim haqida gaplashdik. Bosh murabbiy Sebastyan Pokonyoli bilan suhbatdan so‘ng esa jamoa oldiga katta vazifalar, yuqori marralar qo‘yilganini tushundim. Xullas, «Monako» loyihasi jiddiy qiziqish uyg‘otdi va uzoq o‘ylab o‘tirmay, taklifga ijobiy javob berdim. O‘ylaymanki, fransuz tilini mukammal bilishim yangi muhitga tez moslashishimda asqotadi. Umuman olganda, klubga sifatli yordam berish va o‘z imkoniyatimdan kelib chiqqan holda, eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatish uchun keldim.

Hozirgi jismoniy holati

– Tan olaman, joriy mavsum «Sanderlend»da ba’zi qiyinchiliklarga duch keldim. Lekin hozir bor e’tiborim «Monako»ga qaratilgan. Maqsad – klub bilan oldinga intilish. Ayni pallada o‘zimni yaxshi his qilyapman, na jismoniy va na ruhiy jihatdan muammo bor. Zotan, tabiatan qiziqqonroqman va futboldan lazzat olishim juda-juda muhim. Bu esa o‘yin amaliyotiga bog‘liq, albatta. Nasib etsa, «Monako»da o‘z salohiyatimga nisbatan ishonch, o‘yin ritmi va ideal sport formasini tezda tiklayman.

Keyingi 6 oylik maqsad

– Asosiysi – Fransiya kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etish. Bu yo‘lda maksimal darajada kuch sarflab, klub loyihasining bir qismiga aylanishni istayman. Men uchun ustuvor vazifalardan yana biri – terma jamoaga qaytish. Bu masalada Kot-d~Ivuar termasi bosh murabbiyi bilan gaplashdim va u «Monako»ga o‘tish qarorimni to‘liq oqladi.

Fransiya chempionatiga moslashuv…

– Liga 1 haqida ko‘p narsa bilaman, chunki bu yerda bir qator do‘stlarim to‘p surishmoqda. Ular o‘z uslubim va fazilatlarim bilan chempio­natda bemalol o‘ynab ketishimni aytishdi. Shuningdek, turli musobaqalarda Fransiya klublariga qarshi maydonga tushganman va mamlakat futboli haqida ma’lum taassurotim yo‘q emas. «Monako»da kuchli ijrochilar jamlanishganini ham bilaman. Yangi klubdoshlarim meni iliq kutib olishdi va ilk mashg‘ulotlardanoq muhitga tezroq tushishimda yordam berishdi.

Vilfrid Singo va Ansu Fati yordami

– Bu yerga kelishimdan oldin qadrdon do‘stim Vilfrid Singo ichki muhit va klub hayoti haqida atroflicha gapirib berdi. Qaror qabul qilishda uning fikrlarini ham inobatga oldim, albatta. Ansu Fati bilan esa «Bray­ton»da birga o‘ynaganmiz, Ang­liyadagi hamkorligimiz yaxshi kechgandi. Shunday ekan, u ham yangi jamoaga tezroq moslashishimga yordam beradi.

M.PO‘LATOV

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:58, 03.03.2026.
O'qildi: 325 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.