Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted» «Nyukasl»ning ikki yulduziga ko‘z tikmoqda

«Manchester Yunayted» «Nyukasl»ning ikki yulduziga ko‘z tikmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» «Nyukasl» yarim himoyachilari Sandro Tonali va Bruno Gimaraesni o‘z safiga qo‘shib olishga da’vogarlik qilmoqda.

Agar «qarg‘alar» kelasi mavsumda Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasa, har ikki futbolchi kelayotgan yozda jamoani tark etishi mumkin. Topskills Sports UK ma’lumotlariga ko‘ra, «qizil iblislar» 25 yoshli italiyalik va 28 yoshli braziliyalik futbolchilar bo‘yicha allaqachon so‘rov yuborgan. «MYU» vakillari ehtimoliy transferlar shartlarini bilishni istashgan, biroq «Nyukasl» hozircha javob bergani yo‘q.

Mashhur Transfermarkt portali ekspertlari Sandro Tonali va Bruno Gimaraesning qiymatini bir xil — 75 million yevroga baholamoqda. Har ikki o‘yinchining shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.

Kiritildi: 11:46, 04.03.2026.
O'qildi: 1064 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик