Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe "prava" olmoqchi

Mbappe "prava" olmoqchi

Baho:
+ | -

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe haydovchilik guvohnomasini olishga qaror qildi — yaqinda u Madridda haydovchilik maktabiga tegishli avtomobilni boshqarib ketayotganida ko‘rinish berdi. Qizig‘i shundaki, shu paytgacha Mbappening haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan. 2023 yilda hali «PSJ» o‘yinchisi bo‘lib yurgan vaqtlarida berilgan tegishli savolga u boshqa muhimroq maqsadlari borligiga sha’ma qilgan edi.

Aftidan, hozirda jarohatlar tufayli unda ushbu bo‘shliqni to‘ldirish uchun vaqt paydo bo‘lgan. A Bola nashrining aniqlik kiritishicha, Mbappe ta’lim olayotgan maktab nomi ma’lum bo‘lgach, uning ofisi muxlislar uchun «ziyoratgoh»ga aylanib qolgan. Muxlislar muassasa rahbariyatidan Kilianning imzosini «tanish-bilishchilik» orqali olib berishni so‘rashmoqda.

Kiritildi: 12:53, 04.03.2026.
O'qildi: 742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик