Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Ingliz futbolida fojia: «Oksford» akademiyasining 15 yoshli a’zosi o‘yin vaqtida vafot etdi

Ingliz futbolida fojia: «Oksford» akademiyasining 15 yoshli a’zosi o‘yin vaqtida vafot etdi

Baho:
+ | -

«Oksford» klubi akademiyaning 15 yoshli tarbiyalanuvchisi Ameliya Eplin vafot etganini ma’lum qildi. Ushbu fojia «Yunayted» mashg‘ulot bazasida «Oksford» va «Fulxem» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin vaqtida yuz berdi.

«Akademiyamiz o‘yinchisi, 15 yoshli Ameliya Eplin vafot etganini chuqur qayg‘u bilan ma’lum qilamiz. «Oksford»ning barcha a’zolari nomidan Ameliyaning oilasiga, do‘stlariga, jamoadoshlari va murabbiylariga hamdardlik bildiramiz. Shuningdek, «Oksford» va «Fulxem» tibbiy xodimlariga, shu bilan birga, tezkor yordam xizmatlariga minnatdorchilik izhor etamiz. Klub Ameliyaning oilasiga, ushbu fojiali voqeadan qattiq ta’sirlangan o‘yinchilar, murabbiylar va xodimlarga har tomonlama yordam ko‘rsatadi. Ushbu og‘ir damlarda oilaning shaxsiy hayotiga hurmat bilan qarashingizni so‘raymiz», — deyiladi klub bayonotida.

«Oksford» ayollar jamoasining 8 mart kuniga belgilangan «Real Bedford»ga qarshi o‘yini qoldirildi.

Kiritildi: 06:55, 09.03.2026.
O'qildi: 730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.