Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rodri qo‘shnilarining shaxsiy hayotiga daxl qilishda ayblanmoqda

Rodri qo‘shnilarining shaxsiy hayotiga daxl qilishda ayblanmoqda

Baho:
+ | -

Katta Manchester polisiyasi «Manchester Siti» futbolchisi Rodriga nisbatan tekshiruv boshladi. U yashaydigan turar-joy majmuasidagi qo‘shnilari huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, futbolchi dronlarni derazalarga juda yaqin masofada uchirayotgani va shaxsiy hayot daxlsizligini buzayotganini da’vo qilishmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Surishtiruv ishlari Rodrining o‘z pentxausi balkonida dron boshqaruv pulti bilan tushgan fotosuratlari paydo bo‘lganidan keyin boshlangan.

«Televizor ko‘rib o‘tirganda derazangizdan bir metr masofada dronni ko‘rishni hech ham kutmaysiz», — deya Rodrining qo‘shnilaridan birining so‘zlarini keltiradi The Sun.

Polisiyaga murojaat qilishdan oldin istiqomat qiluvchilar ushbu holatni umumiy chatda muhokama qilishgan va bino konserjiga shikoyat qilishgan. Joriy mavsumda Rodri «shaharliklar» safida barcha turnirlarda 24 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urishga ulgurdi.

Kiritildi: 14:27, 10.03.2026.
O'qildi: 554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик