Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Xose Mariya Mendes – O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi

Xose Mariya Mendes – O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi

Baho:
+ | -2

Ispaniyalik taniqli futzal mutaxassisi Xose Mariya Mendes O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. O‘zbekiston futzal federatsiyasi hamda murabbiy o‘rtasida ikki yillik shartnoma imzolandi.

Mendes mamlakatimiz futzal ishqibozlariga yaxshi tanish. U muqaddam ikki bor O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan: dastlab 2011–2012 yillarda, so‘ng 2014–2017 yillarda. Uning rahbarligi ostida terma jamoamiz Osiyo chempionatida 2014 yilda bronza, 2016 yilda esa kumush medalni qo‘lga kiritgan.

52 yoshli Xose Mariya Pasos Mendes — Pulpis 1974 yil 28 mart kuni Ispaniyaning Lugo shahrida tavallud topgan. Futzalchilik faoliyatini o‘zining qadrdon shahri jamoalari — «Lugo» hamda «Autos Lobelle» klublarida darvozabon sifatida boshlagan.

1996 yilda klub rahbariyati bosh murabbiyni iste’foga chiqargach, ushbu lavozim Mendesga taklif etiladi. Shu tariqa u 22 yoshida o‘yinchilik faoliyatini yakunlab, murabbiylik faoliyatini boshlaydi.

Ikki yillik faoliyatdan so‘ng u boshqa klublardan takliflar oladi va «Melilya», «Kafe Kandelas Lugo», «Valensiya», Xorvatiyaning «Orkan», shuningdek «Barsel» jamoalarida ishlaydi.

2008–2009 yillarda Tailand, 2010 yilda esa Vyetnam milliy terma jamoasini boshqargan. Shundan so‘ng uning O‘zbekiston bilan bog‘liq faoliyati boshlangan. Milliy terma jamoamizdan tashqari, 2016–2017 yillarda mamlakat chempioni «Ardus» klubida ham faoliyat yuritgan. Shuningdek, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga asos solib, qator iqtidorli futzalchilarni kashf etgan.

2019–2026 yillar davomida u yana Tailandda faoliyat olib bordi. Murabbiy sifatida ikki karra Osiyo kubogi vise-chempioni, bronza medali sovrindori, shuningdek klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati hamda Osiyo kubogi egalari kubogi g‘olibi bo‘lgan.

O‘zbekiston futzal federatsiyasi Xose Mariya Mendesga milliy terma jamoamiz bilan futzal tariximizda yangi sahifalarni ochishiga ishonch bildirdi.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyini tanishtiruv marosimi hamda brifing sanasi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 14:43, 10.03.2026.
O'qildi: 1121 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.