O‘zbekiston superligasining 3-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» va «Navbahor» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning boshlanish vaqti biroz kechiktirildi.
Toshkentda yog‘ayotgan qor maydonni qoplagani uchun uchrashuv soat 20:30 da start oladigan bo‘ldi. Ayni paytda maydonni qordan tozalash ishlari olib borilmoqda.













