Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Mourinyo jazoga tortildi

Mourinyo jazoga tortildi

Baho:
+-1 | -

Mourinyo «Portu»ga qarshi o‘yinda chetlatilganidan keyin jarimaga tortildi va diskvalifikasiya qilindi.

Portugaliya futbol federasiyasining (FPF) Intizom qo‘mitasi Joze Mourinyoga umumiy qiymati 5 ming yevrodan ortiq bo‘lgan ikki jarima tayinladi.

«Benfika» bosh murabbiyi «Portu»ga qarshi o‘yinda (2:2) chetlatilgani va «ajdarlar» jamoasi murabbiyi yordamchisi Lucho Gonsales bilan mojaro keltirib chiqargani uchun jazolandi.

Qizil kartochka olgani uchun Mourinyo 1 530 yevro, Lucho Gonsales bilan tortishuvi uchun esa 3 825 yevro jarima to‘lashi kerak.

«O‘z jamoasi gol urganidan so‘ng u ataylab texnik hududni tark etdi, provokasion harakat qilish maqsadida raqib jamoa zaxira o‘rindig‘i tomon yugurdi va to‘pni tribunalar tomon tepdi. Bu esa ikki jamoa zaxira o‘rindiqlari o‘rtasida mojaro kelib chiqishiga sabab bo‘ldi», — deyiladi bosh hakam Joau Pinyeyruning o‘yin bo‘yicha hisobotida.

Portugaliyalik mutaxassis shuningdek 11 kunga va bir o‘yinga diskvalifikasiya qilindi. U shanba kuni «Aroka»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

«Benfika» klubi Joze Mourinyoga nisbatan qo‘llanilgan ikki jazo bo‘yicha apellyasiya berilishini e’lon qildi.

«Benfika» Portugaliya futbol federasiyasi Intizom qo‘mitasi tomonidan murabbiyimiz Joze Mourinyoga nisbatan qo‘llanilgan jazoni qat’iy va ikkilanmasdan qoralaydi.

Bu o‘yin tugaganidan keyin aslida sodir bo‘lgan voqealarga zid ravishda qabul qilingan ochiqchasiga adolatsiz va mutanosib bo‘lmagan qarordir. Murabbiy o‘yindan keyingi matbuot anjumanida tushuntirganidek va keng tarqalgan videolavhalar ham tasdiqlaganidek, «Benfika» murabbiyi golni nishonlash paytida to‘pni shunchaki tribunalar tomon tepgan, bu avval ham kuzatilgan holat bo‘lib, hech qanday hurmatsizlik ko‘rsatish yoki kimnidir provokasiya qilish niyati bo‘lmagan.

Faktlar ochiq-oydin bo‘lishiga qaramay, voqea kontekstini buzib ko‘rsatadigan, berilgan izohlar va videolarda aniq ko‘rinib turgan holatlarni inobatga olmaydigan jazo qo‘llanilishi tushunarsiz. Yana ham muhimi, chetlatishdan keyin kiyim almashtirish xonalariga olib boradigan tunnelda Lucho Gonsales tomonidan Joze Mourinyoga qilingan provokasiyalar yetarlicha baholanmagan.

«Benfika» bu qarorni chuqur adolatsiz va asossiz deb hisoblaydi. Shuning uchun klub mavjud barcha imkoniyatlar orqali qaror ustidan shikoyat qilish niyatida. Klub haqiqat tiklanishiga va adolat qaror topishiga ishonadi.

Klub yana bir bor bosh murabbiy Joze Mourinyoni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirib, Portugaliya futbol federasiyasi Intizom qo‘mitasining navbatdagi afsuslanarli qaroriga qaramay, sport adolati va o‘z mutaxassislariga bo‘lgan hurmatni qat’iy himoya qilishini ta’kidladi», — deyiladi klub bayonotida.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 16:08, 13.03.2026.
O'qildi: 1240 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик