Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola "Real"ni unutib, bor e’tiborini APLga qaratmoqda

Gvardiola "Real"ni unutib, bor e’tiborini APLga qaratmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionati doirasidagi «Vest Xem»ga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Hozir biz faqat «Vest Xem» haqida o‘ylayapmiz. Bunday o‘yinlar ko‘p jihatdan juda qiyin kechadi. Nimadir o‘xshamasligi ham mumkin. Avval ushbu uchrashuvni o‘tkazib olishimiz kerak, «Real»ga qarshi imkoniyatlarimiz bor-yo‘qligi haqida esa keyin bosh qotiramiz. Bizda «bankdagi dollarlar» (imkoniyatlar zaxirasi) u qadar ko‘p emas, lekin ko‘ramiz. Hozirgi maqsad — «Vest Xem».

Premyer-liga — yutish eng qiyin bo‘lgan turnir. Biz hali ham chempionlik poygasidamiz, ammo tushunib turibmizki, agar ochko yo‘qotsak — hammasi tugaydi», — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Hozirda «Manchester Siti» bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan holda, peshqadam «Arsenal»dan yetti ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 22:21, 13.03.2026.
O'qildi: 849 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик