Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pep: "Endi dunyoning eng yaxshi ligasi emasmizmi?"

Pep: "Endi dunyoning eng yaxshi ligasi emasmizmi?"

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ingliz klublarining yevrokuboklardagi natijalari muhokamasiga istehzo bilan javob qaytardi. UYEFA turnirlarida APLdan ishtirok etayotgan to‘qqizta jamoadan shu hafta 1/8 final bahslarida faqat «Aston Villa» g‘alaba qozondi.

«Ilgari biz dunyoning eng yaxshi ligasi hisoblanardik, shundaymi? Ushbu haftada sodir bo‘lgan voqealardan keyin esa yo‘q. Ammo ishonchim komil, bizda ajoyib liga bor. U fantastik, lekin yevrokuboklarda bir-ikkita o‘yinda har qanday voqea sodir bo‘lishi mumkin. Boshqa ligalarda ham kuchli jamoalar bor.

Hozir hamma «Budyo-Glimt» haqida gapiryapti. Ilgari hech kim ular haqida gapirmasdi. Ajoyib jamoa. Ular «Sporting»ni, «Inter»ni, bizni va «Atletiko»ni mag‘lub etishmoqda. Hozir hamma jamoalar kuchli», — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Shanba kuni, 14 mart kuni «Manchester Siti» APL doirasida «Vest Xem»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 22:23, 13.03.2026.
O'qildi: 2979 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик