Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Kristensen «Barsa»da qoladimi? Klub himoyachidan tezkor javob kutmoqda

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachi Andreas Kristensenning shartnomani uzaytirish borasidagi qarorini kutmoqda.

Avvalroq, klub tizzasidagi jarohat (xochsimon paylar uzilishi) sababli safdan chiqqan futbolchini qo‘llab-quvvatlash maqsadida shartnomani uzaytirishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, unga 2 yilga mo‘ljallangan va maoshi sezilarli darajada qisqartirilgan kelishuv taklif qilingan. Daniyalik himoyachining amaldagi shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga yetadi.

Marca nashrining yozishicha, klub ancha vaqtdan beri futbolchining agenti bilan muzokaralar olib bormoqda, biroq hozircha hech qanday natija yo‘q. «Barselona» vaziyatni ortiqcha cho‘zishni istamayapti va o‘zgarmas bo‘lgan so‘nggi taklifini berdi. Klub yaqin orada javob kutmoqda, agar rad javobi berilsa, boshqa variantlarni ko‘rib chiqishni boshlaydi.

Qayd etilishicha, «Barselona» ushbu taklifni xayrixohlik ishorasi sifatida ko‘rmoqda. Chunki 29 yoshli futbolchiga og‘ir jarohatdan so‘ng boshqa jamoa bilan kelishib olish qiyin kechadi. Bundan tashqari, klub Kristensenning namunali xulq-atvorini va klub haqida hech qachon yomon gapirmaganini qadrlaydi.

Joriy va o‘tgan mavsumda himoyachi jami 106 ta o‘yindan faqat 23 tasida ishtirok etdi, bu esa umumiy o‘yinlarning bor-yo‘g‘i 21,7 foizini tashkil etadi.

Kiritildi: 14:01, 17.03.2026.
O'qildi: 617 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик