Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

“Bavariya” UEFAga “Real” ustidan arz qildi

“Bavariya” UEFAga “Real” ustidan arz qildi

Baho:
+7 | -

Germaniyaning “Bavariya” klubi Chempionlar Ligasining bo‘lajak chorak final bahsi oldidan UYEFAga maxsus so‘rov bilan murojaat qildi. Myunxenliklar Madridning “Real” klubiga javob o‘yini paytida “Santyago Bernabeu” stadioni tomini yopishni taqiqlashni so‘ragan.

Xabarlarga ko‘ra, “Bavariya” rahbariyati va murabbiylar shtabi 2023/24-yilgi mavsum yarim finalidagi voqealar takrorlanishidan xavotirda. O‘shanda stadion tomi yopilgan holda o‘tgan bahsda tribunadagi akustika va muxlislarning bosimi “haddan tashqari dushmanona” va og‘ir muhitni yuzaga keltirgan. Germaniya klubi aynan mana shu faktor o‘yin natijasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblamoqda.

Biroq UEFA “Bavariya”ning ushbu so‘rovini rad etdi. Tashkilot rasmiylari stadion tomini yopish yoki ochish klubning ichki ishi ekanligini va bu borada qat’iy taqiq qo‘yilmasligini ma’lum qilgan. UEFAning ushbu javobi Myunxen klubi ichidagi xavotir va tushkunlikni yanada oshirgani aytilmoqda. Endilikda “Bavariya” nafaqat Madridning yulduzli tarkibiga, balki “Bernabeu”ning yopiq gumbazi ostidagi mislsiz bosimga ham tayyorgarlik ko‘rishiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, hozircha “Real” ham, “Bavariya” ham Chempionlar Ligasi chorak final yo‘llanmasiga ega chiqmagan. Myunxenliklar 1/8 finalning ilk o‘yinida “Atalanta”ni 6:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, “Real” “Manchester Siti”dan 3:0 hisobida ustun kelgan. Agar javob uchrashuvlarida kutilmagan mo‘’jizalar yuz bermasa, “Real” va “Bavariya” chorak final bosqichida o‘zaro o‘ynaydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:20, 17.03.2026.
O'qildi: 6605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик