Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Mbappe «Real»ning YECHL chorak finaliga chiqqanidan so‘ng post joyladi

Mbappe «Real»ning YECHL chorak finaliga chiqqanidan so‘ng post joyladi

Baho:
+ | -

«Real» «Manchester Siti»ni ikki bor mag‘lub etib (o‘z uyida 3:0, safarda 2:1), Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l oldi. Javob o‘yinidan so‘ng Madrid jamoasining yulduz hujumchisi Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi.

«Chorak finalda ko‘rishguncha. Xala Madrid!» — deb yozdi Mbappe.

«Manchester Siti»ga qarshi kechgan safar o‘yinida Kilian Mbappe zaxiradan maydonga tushdi va 21 daqiqa (+ hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqt) harakat qildi. Bungacha fransiyalik yulduz tizzasidagi muammo sababli oxirgi beshta o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi.

Katta ehtimol bilan, «Real» Chempionlar ligasi chorak finalida «Bavariya»ga qarshi o‘ynaydi. Myunxenliklar 1/8 finalning «Atalanta»ga qarshi dastlabki bahsida safarda 6:1 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

«Real» navbatdagi o‘yinini yakshanba kuni, 22 martda La Liga doirasida «Atletiko»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 19:08, 18.03.2026.
O'qildi: 1587 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик