Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

«Real» bosh murabbiyi «Atletiko» ustidan qozonilgan muvaffaqiyatning asosiy omilini aytdi

«Real» bosh murabbiyi «Atletiko» ustidan qozonilgan muvaffaqiyatning asosiy omilini aytdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa «Atletiko»ga qarshi kechgan derbida (3:2) jamoasi nimaning hisobiga g‘alaba qozongani haqida gapirib berdi.

«Qaymoqranglilar» uchrashuvda birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborishgan bo‘lsa-da, o‘z maydonlarida azaliy raqib ustidan g‘alabani ilib ketishga muvaffaq bo‘lishdi.

«Biz buni uddaladik. Vazifa bajarildi. Mening fikrimcha, g‘alabaning asosiy omili «Real»ga xos bo‘lgan o‘sha mashhur mentalitet bo‘ldi va u bizga yordam berdi. Biz 0:1 hisobida yutqazayotgan edik, keyin oldinga chiqib oldik va yana gol o‘tkazib yubordik, ammo hujumga o‘tib, g‘alaba golini kiritdik.

O‘yin oson kechmadi — «Atletiko» bizga ko‘plab muammolar tug‘dirdi. Menga jamoamning ishtiyoqi juda ma’qul keldi. Futbolchilar «Real» emblemasiga loyiq bo‘lgan xarakterni namoyish etishdi», — deya ta’kidladi Arbeloa jurnalistlar bilan suhbatda.

«Real» La Liga turnir jadvalida hamon ikkinchi o‘rinda bormoqda va «Barselona»dan to‘rt ochkoga ortda qolmoqda.

Kiritildi: 13:12, 23.03.2026.
O'qildi: 921 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик