Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

«Betis» Muhammad Salohni o‘z safiga qo‘shib olgan haqida hazil qildi (foto)

«Betis» Muhammad Salohni o‘z safiga qo‘shib olgan haqida hazil qildi (foto)

Baho:
+ | -

Hujumchi Muhammad Saloh shu yozda «Liverpul»ni tark etadi. Misrlik futbolchining mersisaydliklar safidan ketishi haqida kecha rasman e’lon qilindi.

Ispaniyaning «Betis» klubi Salohni o‘z jamoasida ko‘rishga tayyorligini bildirdi. Klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Saloh va darvozabon Adrian birga tushgan surat e’lon qilindi. Hozirda Adrian «Betis» sharafini himoya qilmoqda, avvalroq esa u «Liverpul»da to‘p surgan. Suratda Saloh va Adrian yelkasida misrlik futbolchining familiyasi va 11-raqam tushirilgan «Betis» libosini ushlab turishibdi.

«So‘nggi raqs, Mo», — deyiladi klub postida.

Albatta, Salohning haqiqatan ham kelasi yozda «Betis» futbolchisiga aylanishini tasavvur qilish juda qiyin. Ma’lumot uchun, shu yilning iyun oyida misrlik yulduz 34 yoshni qarshi oladi.

Kiritildi: 05:36, 26.03.2026.
O'qildi: 1056 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик