Angliya terma jamoasi himoyachisi Xarri Maguayr Urugvay bilan durangdan (1:1) so‘ng Ronald Arauxoning Fil Fodenga nisbatan ishlatgan qo‘polligini keskin tanqid qildi.
«Bunday follar uchun qizil kartochka ko‘rsatilmasligini tushunib bo‘lmaydi. Jahon chempionatiga bir necha oy qoldi, hakamlar esa bunday qo‘polliklarga yo‘l qo‘yib berishmoqda... Bu hafsalani pir qiladi», — deya Maguayrning so‘zlarini keltirmoqda BBC.
25 yoshli ingliz futbolchisi uchrashuvning 56-daqiqasida Koul Palmerga almashtirildi.













