Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Meksika va Portugaliya murabbiylari 28 martdagi o‘rtoqlik uchrashuvi natijalarini muhokama qilishdi

Meksika va Portugaliya murabbiylari 28 martdagi o‘rtoqlik uchrashuvi natijalarini muhokama qilishdi

Baho:
+ | -

Meksika va Portugaliya terma jamoalari ustozlari 28 mart kuni yangilangan «Asteka» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlari bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

«Bu bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi ssenariy. Avval aytganimdek, bu yerda o‘ynash uchun jasorat kerak, chunki muxlislar talabchan, ular g‘alabalarni va chiroyli futbol ko‘rishni istaydilar», — deya Meksika terma jamoasi murabbiyi Xavyer Agirrening so‘zlarini keltiradi The Straits Times.

«Futbolchilar uchrashuv yakuniga qadar kuchli raqib bo‘lgan Portugaliyaga qarshi bor kuchlarini berishdi. Ular kuchli o‘nlikka kiradigan, haqiqatan ham qudratli terma jamoa hisoblanadi», — deya qo‘shimcha qildi Agirre.

«Menimcha, biz raqib darvozasiga 10 marta zarba berdik, bu biz ko‘zlagan maqsadga yaqin ko‘rsatkich. Yomon tomoni shundaki, aniq zarbalar soni kam bo‘ldi, bizga aniqlik yetishmadi», — dedi Portugaliya terma jamoasi murabbiyi Roberto Martines.

«Muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik faqat hisobga bog‘liq emas. Hozirgi kunda ko‘plab turli omillar muhim rol o‘ynaydi. O‘ylaymanki, ushbu 90 daqiqadan so‘ng jamoa Jahon chempionatiga yaxshiroq tayyor bo‘ldi».

Meksika 31 mart kuni o‘rtoqlik uchrashuvida Belgiya bilan to‘qnash keladi, Portugaliya esa shu kuni Jahon chempionatining yana bir mezboni — AQSH jamoasi bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 13:36, 29.03.2026.
O'qildi: 627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик