Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Roberto Martines: «Bizga futbolchilarning bir-biriga moslashishi uchun vaqt kerak»

Roberto Martines: «Bizga futbolchilarning bir-biriga moslashishi uchun vaqt kerak»

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines o‘rtoqlik uchrashuvida AQSH ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:0) so‘ng jamoa o‘yini haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Portugaliyaliklar 37 va 59-daqiqalarda Fransishku Trinkan hamda Joau Feliks tomonidan kiritilgan gollar evaziga zafar quchishdi. Bundan avvalgi bahsda Martines shogirdlari Meksikani mag‘lub eta olishmagan edi (0:0).

«Har ikkala o‘yinning ikkinchi bo‘limida biz yaxshiroq harakat qildik. Ko‘rinishidan, barcha futbolchilarning bir-biri bilan til topishib, moslashib ketishi uchun bizga ko‘proq vaqt kerak bo‘lmoqda. Bugun Meksikaga qarshi o‘yin bilan solishtirganda o‘sishni ko‘rdik. AQSH terma jamoasi jismoniy jihatdan juda kuchli — bu jiddiy raqib. Yevropadan bo‘lmagan jamoalarga qarshi o‘ynaganimizdan xursandman, bu bizga moslashib olishimiz uchun osonroq bo‘ladi», — dedi Roberto Martines o‘z intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak mundialda Portugaliya terma jamoasiga DR Kongo, O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari raqiblik qiladi.

Kiritildi: 12:33, 01.04.2026.
O'qildi: 274 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик