Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ» Lamin Yamalning agenti bilan aloqaga chiqdi

«PSJ» Lamin Yamalning agenti bilan aloqaga chiqdi

Baho:
+ | -

Mish-mishlar «Barselona» vingeri Lamin Yamalni «PSJ» bilan bog‘lashda davom etmoqda. El Nacional nashriga tayanib Transfer News Live xabar berishicha, Liga 1 grandi potensial transfer imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida 18 yoshli futbolchining agenti bilan bog‘langan.

«PSJ» futbol tarixidagi eng yirik kelishuvga aylanishi mumkin bo‘lgan transfer variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

O‘tgan oyda Parij klubi Yamalning transferi uchun 350 million yevro to‘lashga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qariyb to‘qqiz yildan beri dunyoning eng qimmat futbolchisi maqomini Neymar o‘z qo‘lida ushlab turibdi. 2017 yilda braziliyalik uchun 222 million yevro to‘langan edi. Qizig‘i shundaki, o‘shanda ham «PSJ» aynan «Barselona»ga to‘lov qilgan.

Kiritildi: 05:12, 03.04.2026.
O'qildi: 1568 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик