Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anchelotti Neymarning atrofidagi shov-shuvlardan hayron

Anchelotti Neymarning atrofidagi shov-shuvlardan hayron

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Santos» hujumchisi Neymarni JCH-2026 ga chaqirish imkoniyatini hatto ko‘rib chiqayotgani ham yo‘q. Bu haqda SportTV eksperti ta’kidlamoqda.

Braziliya telekanali efirida ekspertning aytishicha, 34 yoshli hujumchi Anchelottining nomzodlar ro‘yxatiga ham kiritilmagan. Murabbiy «hujumchining ismi atrofidagi bunchalik shov-shuvlarni tushunmayapti».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neymar Braziliya terma jamoasining mart oyida Fransiya (1:2) va Xorvatiyaga (3:1) qarshi o‘tkazilgan o‘yinlarini o‘tkazib yuborgan edi.

Braziliya terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichida «C» guruhidan joy olgan bo‘lib, Gaiti, Shotlandiya va Marokash jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Joriy mavsumda Neymar barcha turnirlarda 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:06, 04.04.2026.
O'qildi: 1178 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик