«Manchester Siti» hujumchisi Antuan Semenyo jamoadoshi Rayan Sherkini maqtab o‘tdi.
Shanba kuni «shaharliklar» Angliya Kubogi chorak finali doirasida o‘z maydonlarida «Liverpul»ni tor-mor etishdi (4:0). Gollardan biriga Sherkining uzatmasidan so‘ng Semenyo mualliflik qildi.
«Rayan — dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. U to‘p bilan istagan ishini qila oladi va bu mening ishimni juda osonlashtiradi. «Manchester Siti»dagi ilk mashg‘ulotimda uning tryuklarini ko‘rganim hamon yodimda. O‘shanda: «Bu qanday o‘yinchi o‘zi?» deb o‘ylab qolgandim. Yuqori daraja», — deya Semenyoning so‘zlarini keltiradi Topskills Sports UK.
Kelasi yakshanba, 12 aprel kuni Xosep Gvardiola jamoasi «Chelsi» bilan to‘qnash keladi.













