Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Vladimir Bubanya: «Oldimizda aniq vazifa bor — Superligaga chiqish»

Vladimir Bubanya: «Oldimizda aniq vazifa bor — Superligaga chiqish»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Pro-ligasi 1-tur doirasida "Yaypan" — "Metallurg" (1:2) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan so‘ng Bekobod klubining tajribali himoyachisi Vladimir Bubanyaning o‘yin taassurotlari bilan qiziqdik.

"Yaypan"ga qarshi o‘yin og‘ir kechdi. Biz taxminan shunday ssenariyni kutgan edik. To‘pni ushlab turish orqali o‘yinni nazorat qilishni yaxshi ko‘radigan yaxshi raqib bizga qarshi harakat qilishini bilardik.

Juda tezkor gol o‘tkazib yubordik, ammo qaytib, javob to‘pini ham tezkorlik bilan urishga muvaffaq bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda esa g‘alabani o‘z tomonimizga og‘dira oldik. Aytish mumkinki, xarakter ko‘rsatib, so‘nggi daqiqagacha o‘ynadik.

Mavsumlar oralig‘ida kichik jarohat bo‘ldi, lekin Xudoga shukr, hammasi ortda qoldi. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman va umid qilamanki, o‘yinlar orqali optimal sport formamni tiklab olaman.

Biz har bir uchrashuvda maksimum imkoniyatimizni ishga solishimiz zarur. Oldimizda aniq vazifa bor — Superligaga chiqish. Shunday ekan kimga qarshi maydonga tushishimizning farqi yo‘q. Keyingi o‘yinlarni o‘z maydonimizda o‘tkazamiz va umid qilaman, bekobodlik futbol muxlislari bizni qo‘llab-quvvatlab turishadi".

“Metallurg” PFK media xizmati

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:01, 07.04.2026.
O'qildi: 696 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик