Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 4-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 1-0 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

“Ayolim ham hayron” — Karlsen Javohir Sindorovning natijasiga munosabat bildirdi

“Ayolim ham hayron” — Karlsen Javohir Sindorovning natijasiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorovning FIDE Nomzodlar turniridagi ishtiroki haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

Norvegiyalik grossmeysterning aytishicha, hatto uning turmush o‘rtog‘i ham o‘zbekistonlik sportchining natijalariga qiziqib qolgan.

“O‘tgan kuni ayolim mendan Sindorovning natijalari haqida so‘radi: "Sindorov nimalar qilyapti? Sen o‘zing qachondir shunday natija qayd etganmisan?" deb qoldi. Men esa "Savol uchun rahmat, lekin yo‘q, hali bunday natijaga erishmaganman", deb javob berdim. Javohirning hozirgi holati va natijasi uning qanchalik yuqori darajadagi shaxmatchi ekanligini ko‘rsatadi”, deydi Karlsen FIDE matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

​Ma’lumot uchun, Kiprda bo‘layotgan Nomzodlar turnirining birinchi davrasi yakuniga ko‘ra Javohir Sindorov 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Javohir ortda qolgan turlarda dunyoning eng kuchli shaxmatchilari — Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura, Rameshbabu Pragnanandha, Vey I va Andrey Yesipenko ustidan g‘alaba qozondi. Faqatgina Mattias Blubaum va Anish Giri bilan durang qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nomzodlar turniri ishtirokchilari qancha mablag‘ ishlab topishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonning birinchi raqamli grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov ham Javohir Sindorovning ushbu musobaqadagi imkoniyatlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:32, 07.04.2026.
O'qildi: 1832 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик