«Bavariya»ning kolumbiyalik hujumchisi Luis Dias o‘zining hozirgi sport formasi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bavariya»ga qo‘shilish qarori to‘g‘ri edi. Men chindan ham baxtliman va har bir o‘yindan zavq olmoqdaman. O‘zimni ajoyib his qilyapman, yaxshi sport formasidaman va bu jamoaga yordam berishga tayyor ekanligimni anglatadi. Bizda juda jipslashgan jamoa bor», — deya Diasning so‘zlarini ESPN Colombia keltirmoqda.
Dias yozgi transfer oynasida «Liverpul»dan «Bavariya» futbolchisiga aylangan edi. Myunxenliklar tarkibida 29 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













