Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Luis Enrike: «Liverpul»ning o‘yini kutilmagan bo‘ldi»

Luis Enrike: «Liverpul»ning o‘yini kutilmagan bo‘ldi»

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki uchrashuvida «Liverpul» ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu biroz alamli, albatta. Biz juda yaxshi o‘ynadik va ko‘proq gol urishga loyiq edik. Ammo bu — Chempionlar ligasi. Biz xursandmiz. Muxlislarimiz darajasiga mos o‘yin ko‘rsatdik. Oldinda hali javob bahsi bor.

«Liverpul»ni bunday holatda ko‘rish kutilmagan bo‘ldi, ular hozir o‘zgarish jarayonini boshdan kechirishmoqda. Lekin biz qaysi stadion yoki qanday o‘yin bo‘lishidan qat’i nazar, doimo g‘alaba qozonishga intilamiz. Bugungi bajarilgan ishdan mamnunmiz», — dedi Enrike Canal+ telekanaliga bergan intervyusida.

Kiritildi: 02:59, 09.04.2026.
O'qildi: 1694 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик