Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Milan» va «Manchester Yunayted» Polshada o‘zaro to‘qnash kelishadi

«Milan» va «Manchester Yunayted» Polshada o‘zaro to‘qnash kelishadi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Milan» klubi allaqachon o‘zining yozgi rejalarini tuzib chiqmoqda — The Athletic nashrining aniqlik kiritishicha, yozda klub «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahs Polsha zaminida bo‘lib o‘tadi, o‘yin sanasi ham ma’lum — 15 avgust, ya’ni Angliya va Italiya milliy chempionatlari boshlanishi arafasida.

Shuningdek, italiyaliklar yoz uchun Avstraliya bo‘ylab turne ham rejalashtirishgan — ularda ushbu olis mamlakatga nisbatan o‘zgacha ishtiyoq borligini o‘tgan fevral oyida Italiya chempionatining bir uchrashuvini o‘sha yerda o‘tkazishga bo‘lgan urinishlardan ham bilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, hozirda «Milan» Massimiliano Allegri qo‘l ostida Italiya A Seriyasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:43, 09.04.2026.
O'qildi: 1154 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик