Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

APL grandlari "Barsa" tarbiyalanuvchisiga jiddiy qiziqmoqda

APL grandlari "Barsa" tarbiyalanuvchisiga jiddiy qiziqmoqda

Baho:
+ | -

«Selta» himoyachisi Oskar Mingesa yozgi transfer bozorida eng talabgir futbolchilardan biriga aylanish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Bu haqda TeamTALK nashri xabar bermoqda.

26 yoshli ispaniyalik futbolchining «Selta» bilan shartnomasi shu mavsum oxirida yakuniga yetadi. Uning amaldagi kelishuvni uzaytirmaslik ehtimoli tobora ortib bormoqda, bu esa futbolchining erkin agent sifatida boshqa klubga o‘tishi uchun yo‘l ochadi.

Manbaning ko‘rsatishicha, Mingesa «Manchester Siti», «Arsenal», «Liverpul» va «Tottenxem» kabi jamoalarning e’tiborini tortgan. «Nyukasl», «Aston Villa» va «Everton» klublari ham deyarli bir yildan beri futbolchini kuzatib kelishmoqda, biroq ularning Mingesani qo‘lga kiritish imkoniyatlari hozircha past baholanmoqda.

«Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Oskar asosiy jamoada bir necha mavsum o‘tkazgan bo‘lsa-da, u yerda muqim o‘rin egallay olmadi va yakunda 2022 yilda «Selta»ga o‘tdi.

Joriy mavsumda 26 yoshli himoyachi 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 7 ta ogohlantirish oldi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, uning bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 18:10, 12.04.2026.
O'qildi: 1491 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик