Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Mbappe yuzidagi jarohat suratini ulashdi (foto)

Mbappe yuzidagi jarohat suratini ulashdi (foto)

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe «Jirona» himoyachisi Vitor Reys bilan to‘qnashuvdan so‘ng yuzida qolgan jarohat suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.

Epizod «Real» — «Jirona» (1:1) uchrashuvining 88-daqiqasida sodir bo‘lgan edi. Kilian kataloniyaliklar himoyachisi bilan to‘qnashib, maydonga yiqilgan. Oyoqlardagi kontaktdan tashqari, Reys tirsagi bilan «Real» forvardining yuziga zarba bergan.

O‘sha vaziyatda bosh hakam Xavyer Alberola Roxas fol qayd etmagan edi. Translyasiya vaqtida Mbappening yuzidagi qon ko‘rsatilmagan, La Liga buni aniq rakurs bo‘lmaganligi bilan izohlagan edi.

Bugun fransiyalik futbolchi tibbiyot xodimlaridan biri ishlov berishga tayyorlanayotgan jarohati aks etgan suratni ulashdi. Mbappe suratga hech qanday izoh qoldirmagan.

Avvalroq Kilianning yuziga uchta chok qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan edi. U Chempionlar ligasi doirasida «Bavariya»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishga tayyor.

Kiritildi: 18:18, 12.04.2026.
O'qildi: 2223 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик