Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Kaysedo: "Rosenyorga "Chelsi"da muvaffaqiyatga erishish uchun vaqt kerak"

Kaysedo: "Rosenyorga "Chelsi"da muvaffaqiyatga erishish uchun vaqt kerak"

Baho:
+ | -

«Chelsi» yarim himoyachisi Moyses Kaysedo London klubi bosh murabbiyi Liam Rosenyor haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘ylashimcha, u «Chelsi»da muvaffaqiyatga erishadi, ammo unga vaqt kerak, chunki u jamoaga mavsum o‘rtasida keldi. Har uch kunda o‘yin o‘tkazayotganimiz sababli, mashg‘ulotlar uchun vaqtimiz bo‘lmayapti — biz faqat tiklanyapmiz va o‘ynayapmiz, tiklanyapmiz va o‘ynayapmiz. Shu bois, uning g‘oyalariga moslashish uchun bizga vaqt kerak deb hisoblayman. Menimcha, mavsum oldi tayyorgarlik jarayoni barcha futbolchilar uchun murabbiy nimani xohlayotganini tushunib olishlari uchun juda muhim bo‘ladi», — deya Kaysedoning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

Liam Rosenyor shu yilning yanvar oyida «Chelsi» boshqaruvini qo‘lga olgan edi. Ayni damda «ko‘klar» APL turnir jadvalida 48 ochko bilan oltinchi o‘rinni egallab turishibdi.

Kiritildi: 18:30, 12.04.2026.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик